“Enter Engineering”ning norozi ishchilari
“Enter Engineering”ning norozi ishchilari

 

ish haqlarining to‘lanmayotganligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

“Enter Engineering” kompaniyasi ishchilarga oylik ish haqlarini o‘z vaqtida bermayotgani va kompensatsiyalar to‘lamayotgani bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaliq tumanida joylashgan “3-Misni boyitish fabrikasi”, Farg‘ona viloyatida joylashgan “Neftni qayta ishlash zavodi”, G‘uzor tumanida joylashgan “GTL” zavodi va boshqa o‘nlab yirik loyihalarda ishlayotgan xodimlarning oylik maoshlari to‘lanmasligi oqibatida turli muammo va qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, Mehnat kodeksining talablari qo‘pol ravishda buzilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik fraksiyasi a’zosi Anvarjon Nurmatov mazkur holatlarni ko‘rib chiqish va mehnat qonunchiligining buzilishi yuzasidan o‘z nuqtai nazarlarini taqdim etishlarini so‘rab Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zoxidovga deputatlik so‘rovini yubordi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish