Partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan sessiyada masala muhokama qilindi

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot tizimida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan keng qamrovli izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri bu aholi salomatligini mustahkamlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasidir.

Ahamiyatlisi, ushbu ustuvorlikdan kelib chiqib, partiya mahalliy Kengashlardagi o‘z deputatlik guruhlari orqali aholining qaysi hududda yashashidan qat’i nazar davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmat olishi, sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish orqali sohada shaffoflikni ta’minlash, kam ta’minlangan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ustidan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatishni maqsad qilgan.

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Palvanovning 2025-yil I choragi davomida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti dastlab deputatlik guruhida, keyin xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining navbatdagi sessiya majlisida muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha tuman Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi va ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda partiyamiz deputatlik guruhi zimmasiga yuklatildi.

 

Sharof ATADJANOV,

O‘zbekiston XDP Beruniy tuman kengashi raisi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish