“Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasi boshlandi

 

“Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining og‘ir atletika yo‘nalishi bo‘yicha 4-mintaqa birinchi bosqichi musobaqalari tantanali tarzda boshlandi. Unda Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal‘a tumanlaridan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Imamova musobaqaning ochilish marosimida qatnashib, yosh sportchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Mazkur musobaqa 15–17 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida 10 ta olimpiya sport yo‘nalishlari – boks, taekvondo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, yengil atletika, badiiy gimnastika, basketbol kabi turlar bo‘yicha uch bosqichda – mintaqaviy, hududiy va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

Sport musobaqalarining asosiy maqsadi – hududlardagi 254 ta sport maktabi va olimpiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan 56 ta sport maktablari uchun milliy terma jamoalarga zaxira sportchilarni aniqlashdan iborat. Saralangan yosh sportchilar tana antropometriyasi va qobiliyatidan kelib chiqib maqsadli tayyorlab boriladi.

Bu musobaqalar sportchilarga o‘z salohiyatini namoyish etish, yangi do‘stlar orttirish va eng muhimi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish imkonini beradi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish