Saylov okrugi: samarali muloqot maydoni

 

Ma’lumki, qonunchilikka asosan har oyning oxirgi haftasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylov okruglarida faoliyat olib boradi.

Bu galgi saylovchilar bilan uchrashuvlar, o‘rganishlar, targ‘ibot hamda nazorat tahlil tadbirlari samarali kechmoqda.

Dastlab, 42-Surxondaryo saylov okrugi hududidagi Denov tumanida barpo etilayotgan Mintaqaviy bolalar shifoxonasi hamda Sina hududiy tug‘ruq bo‘limi binolarining qurilish jarayonlari bilan tanishib pudratchi, loyihachi, buyurtma beruvchi bilan suhbat o‘tkazildi. Qurilishni o‘z muddatida va sifatli tarzda amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. So‘ng, tumandagi “Lochin” mahallasida joylashgan “Qaqajonlar” MTT tasarrufidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan kunduzgi parvarishlash guruhi faoliyati bilan tanishildi. Suhbat asnosida nogironligi bor bolalarni ota-onalari ushbu imkoniyatni yaratib berganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorliklarini bildirishdi. E’tiborlisi, yana uchta maktabgacha ta’lim tashkilotida shu kabi guruhlar tashkil etilgan. Tumaning chekka hududlarida ham xuddi shunday guruhlar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Denov tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida mahallalarda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlar bilan uchrashuvda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar mazmun-mohiyati bilan batafsil tanishtirildi, ayrim tavsiyalar berildi. Shuningdek, bir qator takliflar olindi.

Tumandagi “O‘zgarish”, “Obodon” mahallalari, 38 va 43-sonli umumta’lim maktablari, 22-sonli oilaviy poliklinikada “mahalla yettiligi”, mahalla faollari va shifokorlar bilan sayyor uchrashuvlarda mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tizimini to‘g‘ri tashkil etish, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda qabul qilingan qonunlar hamda Qonunchilik palatasida muhokamada bo‘lgan qonun loyihalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Shu bilan birga, aholi muammolari o‘rganildi, takliflar olindi.

Denov tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan bevosita mas’ullar belgilandi va ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tuman kadastr agentligida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi holati o‘rganildi, murojaat qilib kelgan fuqarolar bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining yo‘nalishlar va mahallalar kesimida ijro etilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘sqinliksiz muhit yaratish bo‘yicha holatlar o‘rganildi.

O‘rganilgan masalalarning ijro etilishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Okrugda uchrashuvlar davom etmoqda.

 

Firdavs Sharipov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish