Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillariga sodiq holda, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qulay muhit yaratish masalalariga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I. Tokareva hamda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati G. Azimova Yunusobod tumanidagi 6-dahada joylashgan avtoturargoh va savdo rastalarida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud sharoitlarni o‘rgandi.

Deputatlar tomonidan hududda imkoniyati cheklanganlar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, panduslar, tutqichlar va maxsus kabi infratuzilma imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yanada qulayroq sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish