Buxoroda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi

 

Aholining sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ularni aholiga yanada yaqinlashtirish bugungi kunning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan Buxoro shahrida keng qamrovli “Salomatlik aksiyasi” tashkil etildi.

Mazkur aksiya davomida 5-son va 11-son oilaviy poliklinikalari hamda ko‘p tarmoqli poliklinika negizida ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turgan fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi xodimlari va partiyaning yoshlar qanoti a’zolari ham faol ishtirok etib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish va ijtimoiy himoya masalalarida targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Bu kabi amaliy tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy-profilaktik xizmatlar qamrovini kengaytirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish