“Deputat mahallada” loyihasi doirasida muammolar o‘rganildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jarqo‘rg‘on tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ch. Yusupov hamda deputat A. Toshpo‘latovlar tomonidan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Istiqlol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini ijrosi doirasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat, muammolar va takliflar o‘rganildi. “Mahalla yettiligi” – mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori faoliyatining samaradorligi ularning o‘zaro hamjihatlikda va mas’uliyat bilan ish olib borilishiga bog‘liqligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish