“Maftunkor ranglar jilosi”

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Namangan viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar tanlovi va shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan bolalar orasida ijodkorlik va intellektual salohiyatni rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, teng huquqli jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Musobaqada viloyatning tuman va shahar bo‘limlaridan ishtirok etgan yoshlar rang-tasvir san’ati bo‘yicha o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Shuningdek, shaxmat bo‘yicha bellashuvlarda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida ota-onalar va pedagoglar uchun ham psixologik maslahatlar, ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlandiki, Mazkur tadbir imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyat hayotiga faol integratsiyasini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish