Deputat mahallada muloqot o‘tkazib, xotin-qizlar murojaatlarni qabul qildi

 

Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputati Xurmajon Sharipova o‘zi saylangan hudud Hurriyat mahallasida bo‘lib, mahallada istiqomat qilayotgan ammo muammo va masalalari bor ayollar bilan uchrashdi.

Ularni bugungacha qiynab kelayotgan masalalari bilan shug‘ullandi. Takliflarini o‘rgandi. Xotin-qizlar tomonidan asosan uy-joy, kredit, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ishga joylashish kabi murojaatlar bildirildi.

Deputat saylovchilarning murojaatlarini ham qabul qilib, ularga yechim topish bo‘yicha dastlabki choralarni belgilab oldi. Shu kuni deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqa xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi, yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha amaliy yordam berishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish