“Salomatlik — katta boylik” shiori ostida tibbiy aksiya
“Salomatlik — katta boylik” shiori ostida tibbiy aksiya

 

Shofirkon tumanining “Tezguzar”, “Bobohaydar” va “Paxtaobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus “Salomatlik aksiyasi” tashkil etildi.

Aksiya doirasida 55 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning umumiy sog‘lig‘ining holati o‘rganildi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, ayrim bemorlarga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi hamda profilaktika ishlari yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur tadbir aholi salomatligiga e’tiborni kuchaytirish, erta tashxis va davolash ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tashkilotchilar tomonidan bu kabi aksiyalar doimiy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish