Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashidagi O‘zXDP deputati Jasurbek Salayev tashabbusi bilan shahar Pedagogika mahorat markazida gender tenglikni ta’minlash, jamiyatimizda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning siyosiy faolligini yuksaltirish maqsadida «Etakchi ayollar – yurt g‘ururi» mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir ayollarning siyosiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularning liderlik qobiliyatlari hamda kasbiy mahoratlarini yuzaga chiqarish qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
***
O‘zbekiston XDP Yangiariq tuman kengashi tomonidan tumandagi 59-sonli oilaviy shifoxonada tibbiyot xodimlaridan iborat partiya faollariga «Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish oyligi» doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni ochib bergan Yangiariq tuman kengashi raisi X.Ollaberganov yig‘ilganlarga yurtimizda xotin-qizlarning huquqiy bilim va siyosiy faolligi oshirishga qaratilgan islohotlar xususida so‘zlab, bunday amaliy ishlar jamiyatimizda faol ayollar qatlamini yaratishda muhim omil vazifasini bajaradi, degan fikrlarni bildirib o‘tdi.