Qonliko‘lda doimiy komissiya sog‘liq va sport masalalarini muhokama qildi

 

Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashining ijtimoiy masalalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishidagi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportni rivojlantirish borasida 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i G. Nurimbetova tumandagi epidemiologik vaziyat, kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligi bo‘yicha axborot berdi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikrlar almashildi.

Sport maktabi direktor o‘rinbosari M. Turdimuratov esa tumanda sportni ommalashtirish, yoshlarni sportga jalb etish va zarur infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Yig‘ilish davomida deputatlar va komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar inobatga olinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur komissiya yig‘ilishi ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalarning joyida muhokama qilinishi va ularni hal etishda parlament nazoratining muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish