O‘zXDP Farg‘ona viloyati kengashi tashabbusi bilan 19-20-iyun kunlari viloyatning Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning asosiy maqsadi — yoshlarni parlament jarayonlariga faol jalb qilish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish bilan birga, ularning jamiyatdagi faol rolini kengaytirishdan iboratdir.
Tadbirning birinchi kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbus va takliflar asosida ularning manfaatini ko‘zda tutuvchi qonunchilik takliflari ishlab chiqilishi va tegishli davlat organlariga taqdim etilishi rejalashtirildi.
Forumning ikkinchi kuni Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadi.