Xorazm viloyatida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDPdan saylangan deputatlar tomonidan “Deputat mahallada” loyihasi doirasidagi amaliy uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda. Xorazm viloyati tumanlarida ham tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlarda joylardagi dolzarb masalalarni o‘rganish va fuqarolar murojaatlariga yechim topish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston XDP Tuproqqal’a tuman kengashi raisi Sh. Sultonova va tuman Kengashi deputati M. Yarashovlar tumandagi Y. Oxunboboyev mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Qabul jarayonida imtiyozli kreditlar, ishga joylashish, kommunal to‘lovlar va moddiy yordam masalalarida murojaatlar tinglandi. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ikki nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, ikki nafariga hassalar, bir nafariga esa ortopedik poyabzal topshirildi.

Shu kabi uchrashuv Urganch tumanidagi Baqaylar mahallasida ham tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashi deputati Zamira Saidniyozova ishtirok etib, xotin-qizlar muammolarini eshitdi.

Uchrashuv davomida bolalar nafaqasi, uy-joy muammolari, davolanish uchun moddiy yordam, kasb-hunarga qayta tayyorlash hamda yo‘l infratuzilmasi kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

O‘zbekiston XDP joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning muammolarini bartaraf etishga, aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy faoliyatini izchil davom ettiradi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish