Deputat muammoni hal qildi
Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Mash’al Vaisov hududlarda saylovchilar bilan uchrashib aholini o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rgandi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda fuqarolar deputatimizga Hazorasp tumanining Munis-Xorazmiy mahallasi Jaloliddin Manguberdi ko‘chasiga yangidan 28 ta elektr ustunlari o‘rnatish kerakligini aytishgan.
Aholi vakillari bu muammoni ijobiy hal qilib berish masalasida turli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilishgan. Ammo murojaatlar ijobiy yechim topmagan.
Lekin deputatimiz aralashuvi bilan ushbu muammo tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘z yechimini topdi. Jaloliddin Manguberdi ko‘chasiga yangi elektr ustunlar o‘rnatildi.