“Yangi hayot” mahallasidagi murojaatlar o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati G.Shafoatova tumanning “Yangi hayot” mahallasida bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahalla toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, qolaversa, hududdagi bolalar maydonchasi ham ta’mirga muhtoj holatga kelib qolgan.

O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, muammolar ijobiy hal etilishi uchun deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish