Ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga davlat tomonidan arzon uy-joylar qurilmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari D.Mamadjanova va Sh.Axmedovlar Farg‘ona tumanida bo‘lib, u yerdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga davlat tomonidan ajratilayotgan arzon uy-joylar holati, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino hamda inshootlar ustidan huquqni e’tirof etishga qaratilgan qonun ijrosi bilan tanishdilar.

Deputatlar tumandagi Yangi asr  mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish ishlari, ish sifati va loyihaga muvofiqligi yuzasidan mas’ullardan ma’lumot oldilar. Qurilish maydonida bo‘lib o‘tgan suhbatda uy-joylar ehtiyojmand, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ko‘p bolali oilalarga teng va adolatli tarzda taqsimlanishi bo‘yicha fikr almashdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish