Aholining bandlik darajasi o‘rganildi

 

Deputatimiz Zokirjon Zohidov Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan “Ar-Roshidoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, u yerdagi aholining bandlik darajasi bilan tanishdi. Sababi, aholi bandligi masalasi Xalq demokratik partiyasining ustuvor dasturiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari Z.Zohidov hududdagi yoshlar va ayollar bilan ishlash yo‘nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Qolaversa, mahalla raisi va faollar bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari va ularni hal etish mexanizmlari muhokama qilindi. Deputat aholining taklif va mulohazalarini eshitib, ularni o‘rganish va yechim topish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinishini ta’kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish