O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Anvarxon Temirov joylardagi mavjud muammolarni mahallabay o‘rganish maqsadida Namangan viloyatidagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalari hamda mahallalar faoliyati bilan tanishdi.
Saylovchilar bilan muloqotlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va bugungi kunda aholini yaxshi yashashini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Xususan, ushbu mahallalardagi ichimlik suvi muammosi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr simyog‘ochlarini yangilash hamda hududga yangi maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish kabi takliflar aholi ishtirokida ko‘rib chiqilib, masalalar yuzasidan respublika darajasida tegishli vazirlik va idoralarga asosli takliflar kiritish rejalashtirildi.