Fuqarolar muammosi deputatimiz ko‘magida hal bo‘ldi

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi deputatimiz Mash’al Vaisov tomonidan Munis-Xorazmiy mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda deputat aholi vakillari o‘ylantirib kelayotgan muammolarni tingladi.
Fuqarolarning ma’lum qilishicha, mahallani tabiiy gaz bilan ta’minlovchi quvurlarning eskirgani sababli yoz-qish mavsumida uzilishlar bo‘lib turar ekan.
Natijada deputat mas’ul idoralarga murojaat qilishi ortidan Munis-Xorazmiy mahallasining aylanma ko‘chasidagi 800 metrlik eskirgan gaz quvurlari yangisiga almashtirildi.