Ayollarning murojaatlariga yechim topildi
O‘zbekiston XDP Urganch tuman kengashi «Uyma-uy» loyihasi doirasida tumandagi «Oq-maktab» va «Shoxidon» mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvda deputat G.Radjapova aholi muammolarini o‘rgandi.
«Oq-maktab» mahallasida istiqomat qiluvchi A.Jumaniyozova, – Sog‘ligimda muammo bor, shifokorlar jarrohlik amaliyotini o‘tkazish kerakligini aytishdi. Ammo, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun moddiy tomondan ko‘makka muhtojman, – deb murojaat qildi.
Deputatning harakati bilan sog‘ligini tiklab olishi uchun moddiy yordam so‘ragan fuqarolar A.Jumaniyozova va Sh.Raxmanovaning murojaatlari «Ayollar jamg‘armasi» hisobidan qoplab beriladigan bo‘ldi.