Sog‘lom hayot yo‘lida yana bir ezgu ish qilindi

O‘zbekiston XDP Shofirkon tuman kengashi tashabbusi bilan tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirda “Qalmaqon” va “Zarchabek” mahallalarida istiqomat qiluvchi 160 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi. Ko‘rik jarayonida 18 nafar fuqaroda kasallik aniqlanib, ularning 10 nafariga shifoxonaga yo‘llanma berildi.
Bunday amaliy tadbirlarning doimiy o‘tkazilib turishi kasalliklarga erta tashxis qo‘yishga imkon yaratadi. Natijada ehtiyojmandlarning ijtimoiy himoyasi yaxshilanib, ularning islohotlarga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi.