
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatimiz Zokirjon Zohidov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudovga deputatlik so‘rovi yuborgan edi.
Deputatimiz Farg‘ona viloyati Rishton tumani «Jaxonobod» mahallasi va So‘x tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvda saylovchilar tomonidan mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilashga maqsadida Rishton tumanidagi iqtisodiy-ijtimoiy holati eng «og‘ir hudud» hisoblangan «T.Axmedov», «Jahonobod», «Cho‘ng‘ara» MFYlari hamda So‘x tumanidagi mahallalarning elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha boshlangan ishlar yakuniga yetkazilmaganligini ma’lum qilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, deputat vazifalar to‘liq bajarilmaganligi fuqarolarning haqli e’tirozlariga hamda takroriy murojaatlarning ko‘payishiga sabab bo‘layotgani bildirib, keltirib o‘tilgan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish hamda rejalashtirilgan ishlarni yakunlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida vazirlikdan asosli ma’lumot taqdim yetishini so‘ragan.
Vazirlikning javob xatida Rishton tumanidagi «T.Axmedov» MFY 5 dona transformator va 6,9 km, «Cho‘ng‘ara» MFY 1 dona transformator va 7,1 km, «Jaxonobod» MFYda esa 1 dona transformator va 2,1 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari qurilib, montaj ishlari yakuniga yetkazilgani aytilgan.
Shuningdek, So‘x tumani hududida 49 ta transformator va 112,9 km elektr tarmoqlari qurib bitkazilgani keltirilib, ish jarayonida aholi murojaatlari asosida loyihaning ko‘lami kengayganligi sababli qo‘shimcha 33 ta obyektda 5 dona transformator va 41,6 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish 2025 yilga reja qilingani qayd etilgan.
.pdf fayl yuklanishini kuting