Buxoro va Farg‘onada ijtimoiy xizmatlar holati qanday?

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib o‘tgan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ahvolini o‘rganish” jamoatchilik monitoringi natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy Kengash mas’ul xodimlari, Qonunchilik palatasi deputatlari va tuman va shahar Kengashlaridan faollar, Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zXDP Markaziy Kengashi Deputatlik birlashmalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i M.Hasanova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YAIMdagi ulushiga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta’minlanganligi uchun nafaqa oluvchi oilalar soni 5 barobarga ko‘payib, nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.

Tadbirda joylardagi tahlillar, mahalliy ijtimoiy himoya muassasalari va fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganilgan muammo va takliflar haqida mazmunli suhbat olib borildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan tadbirda kelgusida ham o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan qo‘shma rejalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish