Iste’dodlar maskani

 

O‘zXDP Hazorasp tuman kengashi hamda tuman Nogironlar jamiyati bo‘linmasi hamkorlikda 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan, uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilar o‘rtasida «Maftunkor ranglar jilosi» ijodiy-badiiy ko‘rik-tanlovi, shuningdek, sportning «Para Shaxmat» turi bo‘yicha musobaqaning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘l mehnati asosida tayyorlangan mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan bunday tadbirlar butun respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad nogironligi bo‘lgan bolalarning qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqarish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va ularning hayotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir. Zero, O‘zbekiston iste’dodlar maskani hisoblanadi. Ularni yuzaga chiqarish hammamiz uchun muhim.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish