Zarafshonda partiya elektorati tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 

Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi.

Aksiyaning asosiy maqsadi – aholining, ayniqsa ayollar, bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning salomatligini mustahkamlash, ularga bepul tibbiy ko‘rik imkoniyatini yaratishdir.

Tadbir davomida aholiga malakali terapevt, pediatr, ginekolog, stomatolog va boshqa mutaxassislar tibbiy maslahatlar berdi, ularning qon bosimi, yurak urish ritmi hamda qondagi qand miqdori o‘lchandi. Zarur hollarda chuqurlashtirilgan tahlillar tavsiya qilindi.

O‘zbekiston XDP tomonidan bunday amaliy tadbirlar joylarda doimiy ravishda o‘tkazilayotgani aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va salomatligini yaxshilash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish