Mirzacho‘lda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzacho‘l tuman kengashi tashabbusi bilan Do‘stlik mahallasida xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi deputati O. Namazova ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarni qiziqtirayotgan muhim masalalar muhokama qilinib, partiyaning saylovoldi dasturida yoshlar uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, tadbir davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

“Deputat va yoshlar” loyihasi doirasidagi muloqotlar hududlarda yoshlar bilan doimiy aloqani kuchaytirishga, ularning siyosiy faolligini rag‘batlantirishga hamda partiyaning yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish