Yo‘l hamkorlikda ta’mirlandi
Boysun tuman Kengashidagi deputatimiz F.Tursunqulov “Avlod” mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuvda mahalla ichki yo‘llarining yaroqsiz holda ekanligi haqida murojaat bo‘lgan edi.
Deputat murojaatga yechim topish maqsadida tuman hokimligi va yo‘llardan foydalanish korxonasi bilan bog‘lanadi. Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida mahalla markazidagi asosiy yo‘lning 500 metr qismi to‘liq ta’mirlandi.
Mazkur amaliy tadbir aholi muammolarini joyida aniqlab, o‘z vaqtida yechim topishda deputat va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligining samaradorligini yaqqol ko‘rsatadi.