Muammoga deputat so‘rovi orqali yechim topildi

Quva tuman Kengashidagi deputatimiz O.Olimovga tumanning Yuziya mahallasi Shodlik ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolardan hududda bir necha yildan buyon elektr energiyasi ta’minoti tizimida muammolar borligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Deputat murojaatga asosan, tuman hokimi o‘rinbosari Muslimjon Akbarovga hududga transformator o‘rnatish masalasida deputatlik so‘rovi yuborgan.
Javob xatida shu yilning 3-choragi yakuniga qadar, ya’ni kuz-qish mavsumi boshlanmasidan oldin hududga transformator o‘rnatilishi ma’lum qilingan.