Qonunchilik palatasidagi deputatimiz Zokirjon Zohidov Rishton tumanida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Deputat dastavval, tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, sterilizatsiya bo‘limida autsorsing xizmati bilan tanishdi. Shundan so‘ng birlashmaning tug‘ruqxona bo‘limidagi shifokor va hamshiralar bilan mavjud muammolar haqida suhbatlashdi.
Shuningdek, Zokirjon Zohidov tumanning Bo‘ston va Vohim mahallalariga borib, hududdagi yettilik faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi. Mahallada jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish, profilaktika inspektorlari va hududiy boshqa tuzilmalar bilan hamkorlik darajasi tanqidiy o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanildi.