Deputatlar joylarda: muammolar o‘rganilib, yechimlar taklif etilmoqda

 

Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarga chiqib saylovchilar bilan uchrashuvlar, ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib borishdi.

Fraksiyamiz a’zosi Sayyora Imomova Nukus shahridagi Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Yerkinbay Qutibayev bilan uchrashib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Deputatimiz Beruniy tumanidagi 59-sonli maktab jamoasining maktab sport zali uchun zarur bo‘lgan sport anjomlari, inventarlar bilan ta’minlash masalasidagi murojaatini Vazir bilan muhokama qildi va murojaat shu yerning o‘zida hal etildi.

Fraksiyamiz a’zosi Dilbar Mamadjanova Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi “Shohimardon” va “Yordon” mahallalarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Hududdagi “Taraqqiyot” oilaviy shifokorlik punkti, 64-sonli oilaviy poliklinika, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Shohimardon KGES, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Muloqotlar davomida sog‘liqni saqlash tizimida mavjud muammolar, xususan, zarur tibbiy jihozlar va malakali mutaxassislar yetishmovchiligi, mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash, turizm sohasini rivojlantirish va bu jarayonda mahalliy aholiga qo‘shimcha imtiyoz va qulayliklar joriy yetish masalalari ko‘tarildi.

Deputat ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini aytib o‘tdi.

Yana bir deputatimiz Irina Tokareva Toshkent shahrining “Qo‘yliqota” mahallasida bo‘lib, u yerda yashovchi yolg‘iz keksalar, ko‘rish va eshitish qobiliyati cheklangan nogironlarning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ularning yashash sharoiti, texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanishi, tibbiy xizmat va ijtimoiy yordam bilan ta’minlanganlik darajalari atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va muhtojlarga zarur yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikka kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish