Keyingi vaqtlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishi masalasi bo‘yicha murojaat va muhokamalar tez-tez uchrab turibdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish qanday yo‘lga qo‘yilganligi, davlat tomonidan belgilangan standartlarga qanchalik rioya qilinayotganini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ul xodimlari hamda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarimiz a’zolaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
O‘rganishda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridaga tozalik, bolalarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirish holati, taomnomaning to‘g‘ri tuzilganigi, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifati standartlarga qanchalik javob berishi kabi jihatlarga e’tibor qaratiladi.
O‘rganish Toshkent viloyatidan boshlanadi.