Faol yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Partiyamiz Oqoltin tuman kengashi tomonidan “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida hudud yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yoshlarga oid Davlat dasturining amalga oshirilishida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muloqotda yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga faol jalb etish maqsadida ularning muhim tashabbus va takliflari tinglandi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarning muammolari ham eshitilib ularning yechimini tizimli olib borish uchun mutasaddilar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.