Zafarobodda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun bepul tibbiy ko‘rik
O‘zbekiston XDP Zafarobod tuman kengashi tomonidan Lolazor mahallasidagi 13-oilaviy poliklinikada “Salomatlik aksiyasi” tashkil etildi.
Tadbirga salomatligida muammosi bor fuqarolar, yosh bolali onalar hamda yoshi ulug‘ nuroniylar taklif etildi.
Aksiyada tuman tibbiyot birlashmasidan malakali shifokorlar – pediatr, ginekolog hamda hamshiralar jalb qilindi. Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan oilalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan aksiyada 18 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.