Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar davom etmoqda
Partiyamiz Ohangaron shahar Kengashi deputatlari shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar olib bordi.
O‘rganishlarda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, dam olish, ovqatlanish va mashg‘ulot o‘tkazish xonalari, taomlarning sifati, oshxonaning sanitar me’yorlarga qanchalik javob berishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va bog‘chalarning ishchi jamoasi bilan suhbat olib borildi. Ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘rganishlarda aniqlangan ayrim kamchilik va muammolarni bartaraf etish uchun mas’ullar bilan bog‘lanildi va nazoratga olindi.