Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda

 

Avvalroq, To‘rtko‘l tuman Kengashi deputati R.Abdullayevga “Tozabog‘yop” ovul fuqarolar yig‘inidagi saylovchilardan murojaat kelib tushgan edi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, hududda yashovchi aholini ichki yo‘llar nosozligi qiynab kelgan. Deputatimiz mutasaddi tashkilotlarga so‘rov jo‘natib, ichki yo‘llarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘ragan. Natijada ayni kunlarda ichki yo‘llar deputat tashabbusi bilan mas’ul idoralarning ko‘magida ta’mirlanmoqda.

Deputat hududga borib, yo‘llardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘ydi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish