“Tebat” mahallasida jiddiy muammolar bor
Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari M.Namozov hamda A.Abdurahmonov tumandagi “Tebat” mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatni o‘rganish uchun hududga borishdi.
O‘rganishlarda bir qator muammolar aniqlandi. Masalan, mahalla aholisi ichimlik suvini qo‘shni “Saxovat” mahallasidan tashib keladi. Mahallada joylashgan tibbiyot punkti kadrlar yo‘qligi sababli ishlamaydi. Yana bir masala mahallada mingga yaqin aholi istiqomat qilsada mahalla fuqarolar yig‘ini tugatib yuborilgan.
Aniqlangan muammolar bo‘yicha deputatlarimiz tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, hududdagi muammolarga yechim topishga harakat boshlashdi. Shu mahalladagi yechimini topgan har bir muammo bo‘yicha xabarlarni joylab boramiz.