YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi U.Inoyatov partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirish borasidagi faoliyat haqida qisqa ma’lumot berib, YEXHT DIIHB missiyasining tegishli hisobotida keltirilgan tahlillar va takliflar demokratik jarayonlarni jadallashtirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

YEXHT DIIHB saylov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari U.Axundlu uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, siyosiy jarayonlarda umume’tirof etilgan me’yor va qoidalarni joriy etib borish muhimligi haqida fikrlarini bildirdi.

Muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish