
Biroz avval, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari, partiyamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetovga Chimboy tumani “Qamis ariq” ovulida yashovchi Baxadir Baymuratovdan murojaat kelib tushgan edi.
Murojaatda fuqaroning yashab turgan uyi avariya holatida ekanligi sababli uy olishda va o‘g‘lini ish bilan ta’minlashda yordam so‘ragan.
Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan homiylar topilib, B.Baymuratovga 3 xonali uy olib berildi. Shuningdek, murojaatchining o‘g‘li F.Utemuratovni “LANEXTRAKT” MCHJ korxonasiga ishga joylashtirildi.
Fuqaro uy olishda va o‘g‘lini ishga joylashtirishda ko‘rsatilgan amaliy yordami uchun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning deputatlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.