Yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi

 

Partiyamiz Toshkent shahar kengashida “Yoshlar hayotida nutq va notiqlik madaniyatining o‘rni” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Zo‘r TV telekanali “Ertalabdan salom” ko‘rsatuvi muharriri va boshlovchisi Mahmuda Karimova yoshlarga nutq madaniyati, omma oldida o‘zini tutish, ravon va ta’sirchan so‘zlash, notiqlik mahorati bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar-treningda yoshlar bevosita mutaxassis bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashib, omma oldida nutq so‘zlash bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.

Tadbir yakunida Mahmuda Karimova O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish