Andijonda deputatlar va o‘qituvchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlarimiz Odiljon Iminov va Anvarjon Nurmatov Andijon shahridagi 13-umumta’lim maktabida bo‘lib, “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” bayram tadbirida ishtirok etdilar.

Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

So‘ngra maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan suhbat tashkil etildi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolar haqida gapirib berishdi. Masalan, darsliklar sifati, o‘qituvchilar uchun test sinovlari savollaridagi nomutanosibliklar, AKT tizimidagi muammolar, o‘quv rejalarida soatlar taqsimotidagi kamchiliklar kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Deputatlar aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ul idoralar bilan bog‘lanib, ularning ijobiy yechimiga kelishib olishdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish