Partiyamiz Qo‘shtepa tuman Kengashi deputati Sh.Sharapov tumandagi qator mahallalarida o‘rganishlar olib bordi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va kamchilliklarni bartaraf etish borasida ham samarali faoliyat yuritmoqda. Masalan, deputatimiz tashabbusi bilan “Shahartepa” mahallasidagi Sayxun ko‘chasining 455 metr qismi asfaltlandi.
Yana bir deputatimiz M.Usmonov ham tashabbusi bilan “Loyson” mahallasining ta’mirga muhtoj Mulkobod ko‘chasining 450 metr qismi asfaltlandi.
Yo‘lning ta’mir talab va harakatlanish uchun noqulayligi nafaqat transportlar, balki, piyodalarga ham muammo tug‘diradi. Bunda ayniqsa, yoshi keksa, yosh bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishida muammo tug‘iladi. Bu o‘z-o‘zidan hududning ijtimoiy hayotiga, iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Aholi vakillarining ta’kidlashicha, deputatlarning bunday tashabbuskor va aholiga yaqin bo‘lishi deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni oshirishga, hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.