
Yurtimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda. Aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli uylarda tayyorgarlik jarayonlari holati qandayligi bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganishlar, deputatlik nazorati olib borilmoqda.
Masalan, Samarqand viloyat Kengashidagi deputatimiz F.Rahimova viloyat gaz ta’minoti korxonasi vakillari bilan birgalikda Kattaqo‘rg‘on shahri “Amir Temur” ko‘chasida qurilayotgan yangi gaz tarmoqlarini o‘rgandi.
Deputat ishlarning sifati va muddatlarga rioya etilishini nazoratdan o‘tkazdi.
Sovuq kunlar oldidan ta’mirlash ishlarini tez va sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
F. Rahimova tegishli tashkilot mas’ullari bilan suhbat o‘tkazib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berdi.