Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi deputatimiz M.Gulboyev Baxmal tumani “Baxmal” mahallasi hududida joylashgan 3-sonli oilaviy poliklinikaning moddiy-texnik bazasi bugungi kun zamonaviy tibbiyot talablariga javob bermasligini aniqlab, muassasani yangi laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Senati qoshidagi Nodavlat Notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondiga murojaat qildi.
Murojaatdan so‘ng, mas’ullar hududga kelib deputatlar hamrohligida oilaviy poliklinikani ko‘zdan kechirishdi. O‘rganish yakunida deputatning murojaati o‘rinli, deb topilib, fond vakillari muassasani zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash uchun 170 mln so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilishdi.
Bugungi kunda mablag‘dan belgilangan maqsadda foydalanilmoqda. Bunda partiyamiz Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov hamda deputat M.Gulboyevlar poliklinikadagi jihozlash ishlarining o‘z vaqtida va samarali yakunlanishi ustidan nazorat olib bormoqda.