Termizda deputatlar yoshlar bilan uchrashdi

 

Partiyamiz Termiz tuman kengashi tashabbusi bilan Termiz davlat pedagogika institutida deputat va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman Kengashi deputatlari G.Shafoatova va B.Umarovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda deputatlar tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va mas’uliyati haqida to‘xtalib, yoshlarga har tomonlama bilimli, tashabbuskor, vatanparvar, izlanuvchan, intiluvchan bo‘lish zarurligini ta’kidladilar.

Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatlarga murojaat qilib, zarur tavsiya va ko‘nikmalar oldi. Talabalarning fikricha, bunday uchrashuvlar nafaqat bilim va tajriba almashish, balki yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish