Deputat Chilonzor tuman hokimligiga so‘rov yubordi
Deputat Chilonzor tuman hokimligiga so‘rov yubordi

 

Kecha Chilonzor tumanida bolalar o‘yingohlari, sport inshootlari hamda nuroniylar uchun mo‘ljallangan sog‘lomlashtirish maskanlarining holati manzilli o‘rganilgani haqida xabar bergan edik. Unda bir qancha muammolar aniqlangani va ularning yechimi borasida mas’ul idoralarga deputat so‘rovi yuborishga qaror qilinganini aytib o‘tgan edik.

Mazkur masalalar yuzasidan Chilonzor tuman Kengashi deputati Donoxon Maxmudova tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.K.Xamrayevga tegishli deputat so‘rovi yubordi.

So‘rovda bolalar maydonchasi va mini-stadionni tubdan ta’mirlab, zamonaviy holatga keltirish, yangi o‘yin uskunalari, sun’iy qoplama, yoritish tizimi va to‘siqlarni o‘rnatish va amalga oshirilgan ishlar haqida yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish