Bolalar maydonchalari va sport inshootlarida aniqlangan muammolar bo‘yicha jamoatchilik eshituvi tashkil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z dasturiy maqsadlarida aholining ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash, mahallalarda bolalar, yoshlar va keksalar uchun qulay muhit yaratishni o‘z oldiga aniq vazifa qilib qo‘ygan.

Shu asosda partiyaning Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan partiya vakillari hamda deputatlardan iborat ishchi guruh tuzilib, poytaxtimizning Yashnobod, Mirobod, Shayxontohur, Chilonzor va Yangihayot tumanlaridagi 40 ga yaqin mahallada bolalar maydonchalari va sport inshootlarining bugungi holati manzilli o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni tez va samarali bartaraf etish uchun mas’ul idoralarning vakillari ishtirokida Toshkent shahar kengashida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

O‘rganishlarda mahallalardagi real holat yuzasidan aholidan olingan taklif va murojaatlar, tahliliy ma’lumotlar eshituvda ochiq-oydin muhokama etildi.

Quvonarli natijalar bor, lekin ayrim mahallalarida bolalar maydonchalari va sport inshootlari qoniqarsiz ahvolda. Shuningdek, nuroniylar uchun mo‘ljallangan dam olish va sog‘lomlashtirish joylarining ham ta’mirtalab holatlariga guvoh bo‘lindi. Ayrim mahallalarda bunday maskanlar mavjud emas.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bu holatlarni jamoatchilik, deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi sifatida qabul qilmoqda. O‘rganish bo‘lgandan keyin mutasaddilarda mas’uliyat, amaliy natija chiqishi uchun intiladi.

Chilonzor, Mirobod va Yangihayot tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlari tomonidan tegishli mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilgan. Ularda bolalar maydonchalarini ta’mirlash, yoritish tizimini yaratish, sanitariya talablariga mos holatni ta’minlash, yangi sport maydonlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.

Eshituvda aholi vakillari mas’ul mutasaddilarga savollar berib, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini erkin bildirishdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bunday jamoatchilik eshituvlarini doimiy o‘tkazish jamoatchilik nazoratining muhim yo‘nalishi, deb biladi.

Eshituv davomida bildirilayotgan fikr va takliflar amaliy chora-tadbirlar rejasiga kiritiladi va ularning ijrosi bevosita partiyamiz Toshkent shahar kengashi, deputatlar nazoratiga olinadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish