Deputatimiz tomonidan 7 ta oilaning nikoh to‘yi o‘tkazib berildi

 

Partiyamiz deputatlari, faollari yurtimizda inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarda ham, tashabbuslarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashidagi deputatimiz A.Utepbergenova “Qizil o‘zak”, “Pashentau”, “Baxtli”, “Do‘stlik”, “Temir yo‘l guzori” va “Kenes” mahallalarida yashovchi partiyamiz elektorati bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 7 ta oilaning nikoh to‘yini o‘tkazib berdi.

To‘y marosimida Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov, partiyamiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari X.Eshimbetov, ko‘plab partiya faxriylari va faollari ishtirok etdi.

Xayrli ishga qo‘l urgan deputatimizdan yangi oilalar va ularning yaqinlari minnatdor bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish