Deputat fuqarolarning murojaati asosida o‘rganish olib bordi
Deputat fuqarolarning murojaati asosida o‘rganish olib bordi

 

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari, partiyaning viloyat kengashi raisi Badriddin Nasriyevga “Xo‘ja Doniyor” mahallasi fuqarolaridan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda aytilishicha, mahallaning Obi Rahmat ko‘chasida noqonuniy imorat qurilgan bo‘lib, imorat yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun belgilangan qismida qurilgan va aholining harakat erkinligi cheklanib qolgan.

Deputatimiz masalani joyiga chiqib o‘rganib, fuqarolarning e’tirozlari o‘rinli ekaniga amin bo‘ldi.

Natijada deputat shahar hokimiga deputat so‘rovi yuborib, noqonuniy imorat buzilishi va o‘rniga zinapoyali piyodalar yo‘lakchasi qurishda amaliy yordam so‘rashga qaror qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish