Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi deputatimiz N.Eshmetova Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Deputat uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, talabalar turar joyi infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlar, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Qayd etilishicha, talabalar turar joyi yaqinda ta’mirdan chiqarilib, binoning isitish tizimi, sanitar holati, umumiy foydalanish xonalari yaxshi holatda. Ayrim kichik kamchilliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga deputatimiz oliygoh talabalari bilan “Yoshlar – kelajagimiz” mavzusida ochiq suhbat ham o‘tkazdi. Suhbat davomida yoshlarning ta’limdagi muvaffaqiyatlari, zamonaviy texnologiyalarni egallash jarayoni, IT sohasidagi yangi imkoniyatlar, shuningdek, yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng ko‘lamli imtiyozlar haqida fikr almashildi.